Yangiliklar

“O’zbekenergo” AJ tomonidan energotizimning barqaror ishlashiga qaratilgan vazifalarni bajarilishi haqida

2015 yil 16 yanvardagi Vazirlar Mahkamasida bo’lib o’tgan majlisida O’zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan mamlakatimizni iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan kelib chiqib belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib joriy yil uchun energetika sohasiga oid muhim vazifalar belgilandi. Ular energetika sohasini tezkor yangilash, ishlab chiqaruvchi quvvatlarni modernizatsiyalash, zamonaviy energiya manbalarini tatbiq etish, elektr energiyasini uzatishdagi yo’qotishlarni kamaytirish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish va qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirish kabi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707 sonli “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy qayta o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiyalashtirish chora-tadbirlar Dasturi to’g’risida”gi Farmoni va respublikaning yillik Investitsiya dasturida belgilab qo’yilgan umumiy qiymati 8,9 mlrd. AQSh dollarga teng bo’lgan 33 ta investitsion loyihalarni 2020 yilga qadar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.

Investitsiya Dasturini amalga oshirishda “O’zbekenergo” AJ tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarishda zamonaviy va yuqori samarali texnologik uskunalarni qo’llash va energetika balansida muqobil energiya manbalari ulushini oshirish bilan atrof muhitni muhofaza qilishga ham katta ahamiyat berilmoqda. Masalan, Navoiy, Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyalarida, Toshkent issiqlik elektr markazida, zamonaviy texnologiya uskunalari tatbiq etilib, modernizatsiyalash natijasida jami: ishlab chiqarish quvvati 555 MVt ga ko’tarildi, hamda 455 mln. m3 miqdorida tabiiy gaz yoqilg’isini tejash imkoniyati yaratildi.

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Davlatimiz rahbari “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida” gi qaroriga muvofiq 2016 yilda 22 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo’lib, 5 ta loyiha bo’yicha ishlar to’liq yakunlanishi va foydalanishga topshirilishi mo’ljallangan.

Shulardan, Toshkent IESda umumiy quvvati 370 MVt ga teng bo’lgan bug’-gaz qurilmasini, Tolimarjon IESni har birining quvvati 450 MVt dan bo’lgan ikkita bug’-gaz qurilmalarini, Angren IESda yuqori kulli ko’mirni yoqishga mo’ljallangan 130-150 MVt quvvatli energoblokni qurish investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar amalga oshirilgach, yil davomida qo’shimcha 10,6 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi bilan 1063 mln. m3 tabiiy gaz tejaladi. Buning natijasida iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minoti mustahkamlanadi va atrof-muhitga chiqayotgan gaz chiqindilari 17,7 mln. tonnaga kamayadi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2016-2017 kuz-kish mavsumini betalofat o’tkazishga, iqtisodiyot tarmoqlarini va respublika aholisini elektr va issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlanishiga, hamda davlatimizning elektr energiyasiga tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini to’la qondirishga erishiladi.

Manba: uzbekenergo.uz

print

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan