Yangiliklar

«FARG’ONA IEM» AJ da 2016-yil 10-noyabrdan 2017-yil 10-yanvargacha «Yong’in xavfsizligi» oyligi.

O12

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 18 noyabrdagi 309 – sonli “Har yili o‘tkaziladigan yong‘in xavfsizligi oyligi to‘g‘risida”gi qarori asosida “Farg’ona IEM” AJ ning  2016 yil 14 noyabrdagi “Yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazish to‘g‘risida”gi 565 – sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. Ushbu buyruqqa asosan korxonamizda 2016 yil 10 noyabrdan 2017 yil 10 yanvargacha “Yong‘in xavfsizligi” oyligi o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Shu maqsadda, korxona Bosh direktori raisligida 2016 – yil 15 noyabr kuni direktorlar, tsex boshliqlari va yong’in xavfsizligi inspektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida stansiyada yong‘in xavfsizligini ta’minlash  bo‘yicha aniq chora – tadbirlar ishlab chiqildi.

Ushbu tadbir davomida barcha tsex va bo‘lim xodimlari, ishchi va xizmatchilar ishtirokida joylarda yig‘ilishlar o‘tkazilishi belgilanib olindi. Yig‘ilishlarda havo harorati pasayishi bilan yong‘in xavfi oshib borishi va korhonada uni oldini olish bo‘yicha keng tushunchalar berilib boriladi.

print

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan