Yangiliklar

“O`zbekenergo” AJning 2016 yildagi faoliyati bo`yicha qisqacha yakunlari haqida

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy ustuvorligini amalga oshirishda kelib chiqqan muhim vazifalarni ta’minlash maqsadida “O`zbekenergo” AJ tomonidan energetika korxonalarining barqaror ishlashini, ishlab chiqarish faoliyati prognoz ko`rsatkichlariga erishishni ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko`rildi.

“O`zbekenergo” AJ elektr stansiyalari tomonidan tezkor ma’lumotlarga ko`ra, iste’molchilarga 59 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, o`sish sur’ati ko`rsatkichlari 104 foizni tashkil etdi, shuningdek, iste’molchilarga 7,5 mln. Gkal hajmda issiqlik energiyasi uzatildi. Mahsulotni eksport qilish va xizmat ko`rsatish bo`yicha prognoz ko`rsatkichlarining bajarilishi 100 foizni tashkil etdi.

“O`zbekenergo” AJ korxonalari tomonidan mahalliy xomashyo asosida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish topshiriqlari 107,3 foizga bajarildi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish bo`yicha ko`rilgan choralar natijasida mahsulot tannarxi 11,3 foizga pasaydi.

Tarmoqlarga xizmat ko`rsatish, qurilish-montaj va loyiha-qidiruv ishlari amalga oshirildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining 2016 yilga mo`ljallangan Investitsiya Dasturi to`g’risida”gi PQ-2458 sonli qaroriga muvofiq yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiyalash va qayta qurish bo`yicha “O`zbekenergo” AJ tomonidan 23 ta yirik investitsion loyihalar amalga oshirildi.

2016 yilga mo`ljallangan 5-ta investitsion ob’ektlari bo`yicha ishlar yakunlandi va ishchi komissiyalar dalolatnomalari rasmiylashtirildi.

Xususan, investitsion loyihalari doirasida Tolimarjon IES da umumiy quvvati 900 MVt ga ega bo`lgan ikkita bug’-gaz qurilmasi va Angren IES da quvvati 150 MVt ga ega bo`lgan energoblok ishga tushirildi. Hozirgi kunda ushbu stansiyalar tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

“Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo`l liniyasining ta’minlovchi nimstansiyalariga tashqaridan elektr quvvati yetkazib beruvchi ob’ektlarni qurish” loyihasi bo`yicha umumiy uzunligi 23,77 km bo`lgan 110 – 220 kV havo liniyasi (HL) va 200 MVA transformatori shuningdek, “Samarqand-Buxoro” yo`nalishi bo`yicha umumiy uzunligi 20,2 kmga teng 110 kV HL ishga tushirildi.

“Angren” MIH da “Izolyator va liniyalarni bir-biriga bog’lovchi armaturalar ishlab chiqarishni tashkil etish” (“Armatura-izolyator zavodi” MChJ QK) loyihasi doirasida birinchi bosqich bo`yicha ishlar yakunlandi, hozirgi vaqtda liniyalarni bir-biriga bog’lovchi armatura ishlab chiqarilmoqda.

“Navoiy IES ni quvvati 450 MVt ga teng ikkinchi bug’-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish” va “Namangan viloyatining To`raqo`rg’on tumanida umumiy quvvati 900 MVt bo`lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalari bo`yicha “tayyor holda topshirish” sharti bilan bosh pudratchini tanlash tenderlari o`tkazilib, g’olib bo`lgan Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari bilan shartnomalar imzolandi.

“Taxiatosh IES da quvvati 230-280 MVt bo`lgan ikkita bug’-gaz qurilmasini qurish” loyihasi bo`yicha bosh pudratchini tanlash tender savdolari “Hyundai Engineering & Construction Company Ltd” (Koreya) QK kompaniyasining g’olibligi bilan yakunlandi.

“Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini va 0,4-6-10 kV elektr ta’minoti ob’ektlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash” loyihasi doirasida umumiy uzunligi 607,3 km ga teng elektr uzatish liniyalari qurildi va rekonstruksiya qilindi, 460 ta komplekt transformator podstansiyalari o`rnatildi.

Elektr energiyasini hisoblash tizimini modernizatsiyalash loyihasi bo`yicha “O`zbekenergo” AJ korxonalari tomonidan elektr energiyasini hisobga oluvchi zamonaviy elektron hisoblagich asboblarini joriy etish yuzasidan ish olib borilmoqda. Joriy etish boshlangandan buyon o`tgan davr mobaynida esa yuridik iste’molchilarga 243,1 ming donadan ortiq uch fazali va 176,1 ming dona bir fazali elektron hisob asboblari; maishiy iste’molchilarga 33,1 ming donadan ortiq uch fazali va 4292,0 ming dona bir fazali elektron hisoblagich o`rnatildi.

]“O`zbekenergo” AJ tomonidan muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish tadbirlar kompleksiga muvofiq qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo`yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish sohasida “Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt ga teng quyosh elektr stansiyasini qurish” loyihasini amalga oshirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda bosh pudratchini tanlash bo`yicha xalqaro tender savdolari o`tkazilgan bo`lib, g’olib – «Zhuhai Singyes Green Building Technology Co. Ltd» (XXR) kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi to`g’risida”gi qarorini bajarish maqsadida “O`zbekenergo” AJ tomonidan tarmoq dasturi ishlab chiqildi. Soha dasturi asosida tadbirlarni o`tkazish bo`yicha 2016 yildagi sarf-xarajatlar rejasi 113 % ga bajarildi.

Oziq-ovqat dasturi doirasida qishloq xo`jalik mahsulotlari miqdorini oshirish bo`yicha ishlar davom ettirildi. 2016 yilning 12 oyi davomida 56,69 tonna go`sht, 729,9 tonna sut, 303,21 tonna sut mahsulotlari, 707,99 tonna sabzavot mahsulotlari, 67,85 tonna guruch, 146,7 tonna bug’doy, 16,3 tonna baliq, 2,93 tonna asal, 87,5 tonna meva tayyorlandi.

Manba: uzbekenergo.uz

print

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan