Yangiliklar

«Farg’ona issiqlik elektr markazi» AJ da yangi qurilish loyihasi amalga oshiriladi.

Viloyatimizda Prezidentimizning joriy yil 21 fevraldagi “Farg’ona issiqlik elektr markazi”  AJ hududida va Farg’ona shahar RK-3 qozonxonasi yonida yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina texnologiyalarini tatbiq etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi  PQ – 2794  sonli qarori ijrosi yuzasidan amaliy ishlarga qo’l urilmoqda.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 83,6 mln. aqsh dollarini tashkil etib, undan 34,1 mln. aqsh dollarini “O’zbekenergo” AJ mablag’lari, 49,5 mln. aqsh dollarini Yaponiya davlatining energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish tashkiloti (“NEDO”) mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi.

“Issiqlikelektroloyiha” aksiyadorlik jamiyati bosh loyihachi, “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati ijrochi organ. “Farg’ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyati esa buyurtmachi sanaladi.

Loyiha doirasida Yaponiyaning “Kawasaki heavy Industries” va “Marubeni Utility Services” kompaniyalari tomonidan butlovchi jihozlar, ehtiyot qisimlar, materiallarni olib kelish va o’rnatish ishlari amalga oshiriladi. Qurilish – montaj ishlari esa “O’zbekgidroenergoqurilish” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bajariladi.

“Farg’ona issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyati korxonasida 1 ta 17 MBt quvvatili va Farg’ona shahar RK – 3 qozonxonasida 1 ta 7 MVt quvvatli yoqori samarali kogeneratsion gaz qurilmalarini qurish loyihasi amalga oshirilishi bilan viloyatimiz markaziga uzluksiz issiqlik energiyasini etkazib berish va elektr energiyasidan bo’lgan tanqislikni qisqartirish, atrof-muhitga chiqayotgan zararli chiqindilarning ta’sirini kamaytirish hamda yoqilg’i energetika resurslarini tejashga erishiladi, – deydi “Farg’ona issiqlik elektr markazi” raxbari F.M.Abduraxmonov.

Shuni alohida qayd etish lozimki, ushbu loyiha viloyatimiz rahbarlarining sa’yi-xarakatkari bilan amalga oshirilmoqda. Bu loyiha Farg’ona uchun juda ahamiyatli va qimmatlidir.

Demak, davlatimiz rahbarining yuqoridagi qarori aholida sifatli issiqlik energiyasini etkazib berishni yangi bosqichga ko’taradi. Loyiha amalga oshirilgach, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan ob’ektlarda yana qo’shimcha ish o’rinlari yaratiladi.

print

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan