Кorhona tarixi

“Farg’ona issiqlik elektr markazi” (Фарғона ТЭЦ)  1956 yilda  tashkil topgan.

Birinchi navbatda VPT–25–3 tipidagi quvvati 25 MVt bo‘lgan turbogenerator va 2 ta TP–170 tipidagi qozon qurilmasi 1956 yilda ishga tushirilgan.

Ikkinchi navbatda VPT–25–4 tipidagi quvvati 25 MVt bo‘lgan turbogenerator va TP–170 tipidagi kozonqurilmasi ishga 1959 yilda ishga tushirilgan. 4–turboagregat va qozonagregati 1961 yilda, 5–qozonagregati 1962 yilda ishga qo‘yilgan. 1964 yilda qo‘shimcha ravishda BKZ–160–100F 6–qozonagregati ishga qo‘yilgan.

4–navbatdagi texnik loyihalarda turboagregat PT–50–130/13 va R–50–130/13, ikkita qozonagregati TGM–84larni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Turboagregat PT–501–130/13 qozonagregati TGM–84 1966 yilda ishga tushirilgan. Turboagregat R–50–130/13 qozonagregati TGM–84 bilan 1967 yilda ishga tushirilgan. 5–navbvtdagi texnik loyihalarda 2ta turboagregat R–100–130/15, 4ta suv isituvchi qozon PTVM–100 o‘rnatish ko‘zda tutilgan. 1977 yilda turboagregat R–100–130/15 va TGM–84 tipidagi qozonagregati ishga tushirilgan. 1978 yilda TGM–84 qozon va PTVM–100 ishga kiritilgan. 1979 yilda turboagregat  R–100–130/15 va qozon PTVM–100 ishga kiritilgan. 1982 yilda oxirgi turdagi energoqozon TGM–84 ishga kiritilgan. 1980 yilda PTVM–100 va 1–bo‘lim KOPS parli qurilma o‘rnatilgan. 1981 yilda 2–bo‘lim parli qurilmasi ishga kiritilgan. Parli qurilma Far IEMdagi cho‘kindi suvlarni tozalab distilyat holatda yana qozonlarga qaytaradi.IEMlarni esa iste‘molchilarga yaqin joylarga quriladi va tashib keltiriladigan yoqilg‘idan foydalaniladi.  IEM larda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.  Ular nisbatan tejamli ishlaydi va foydali ish koeffitsiyentlari 60–70% ga yetadi.

Hozirgi gaz turbinali elektr stantsiyalarning asosini quvvati 25–100 MVt li gaz turbinalari tashkil etadi.  Uning elektr stantsiyalari blokining soddalashtirilgan ishlash qonuniyati (printsipial) sxemasi quyida ko‘rsatilgan.

Yonish kamerasiga yoqilg‘i (gaz, mazut, Dizelь yoqilg‘isi) tashlanadi, shuningdek, u yerga kompьressor orqali siqilgan havo haydaladi.  Qizigan yonish mahsulotlari o‘z energiyasini gaz turbinasiga beradi va u kompьress hamda sinxron generatorni aylantiradi.  Shu sababli gaz turbinali qurilmalar yuqori manevrlikka ega bo‘lib, energetika tizimlaridagi yuqori (pikovaya yuklama) yuklamalarni qoplash uchun yaraydi.  Qizigan yonish mahsulotlari o‘z energiyasini gaz turbinasiga beradi va kompьressor, hamda sinxron generatorni aylantiradi.  Qurilma ishga tushiruvchi elektr motori yordamida 1–2 minut davomida ishga tushiriladi.

Farg’ona issiqlik elektr markazi O’rnatilgan quvvati – 305 МVt, foydalaniladigan yoqilg’i – mazut, gaz, yoz mavsumida – tabiiy gaz. IEM qurilishi 1954 — yilda boshlanib, 1979 — yilda yakunlangan. Farg’ona IEM 2002-yilda “Фарғона ИЭМ” ОАЖ ga 2014-yilda esa “Farg’ona IEM” AJ aylantirilgan.

Asosiy inshootlari va uskunalari Bosh korpus, unda umumiy quvvati 305 MVt bo’lgan 6 ta turbina joylashtirilgan. Qozon sexi, unda quvvati 3510 t/soat bo’lgan 12 ta energetik qozonlar o’rnatilgan.